Qamoqdagi sobiq hokim Ahmad Usmonov ayblanuvchiga aylandi
O‘tgan hafta vaqtincha hibsga olingan Toshkent viloyatining sobiq hokimi 59 yashar Ahmad Usmonovga ayblov e’lon qilindi. Usmonov¸ uning ustidan ochilgan jinoiy ish tergovi davomida qamoqda saqlanadigan bo‘ldi.Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbasi va sobiq hukumat mulozimining aytishicha¸ Usmonovga “xizmat vakolatini suiiste’mol qilganlik, kadrlar tanlashda tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yganlik va poraxo‘rlik" kabi qator ayblar qo‘yilgan: