O‘zbek populyatsiyasining kengaytirilgan genom tadqiqoti boshlandi
Ilg‘or texnologiyalar markazi o‘zbek populyatsiyasining kengaytirilgan genom tadqiqoti boshlanganini e’lon qildi. Loyiha genetik xususiyatlarni o‘rganish orqali kasalliklarni tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan. 35−70 yoshdagilar bepul tekshiruvda ishtirok etishi mumkin.
