Bog‘cha qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan hududlarda MTT tashkil etgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi
Bog‘cha qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan hududlarda MTT tashkil etgan tadbirkorlar uchun tarbiyachilarga beriladigan oylik ish haqi qoplab beriladi. Agar MTT maktab yoki davlat bog‘chasi hududida bo‘lsa 30 yil ijara undirilmaydi, tarbiyalanuvchilarga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi.
