Prezident bir kun avval ogohlantirilgan Narkotiklar nazorati agentligi direktorini ishdan oldi
Prezident Ravshan Mamatovni PA huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod qilishga doir farmonni imzoladi. Bir kun oldin Shavkat Mirziyoyev uni ogohlantirgan va agentlik faoliyatini tanqid qilgandi.
