Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Yaponiya sudi mamlakatning sobiq bosh vaziri Sindzo Abeni otib o‘ldirgan erkakni umrbod ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Tetsuya Yamagami 2022-yilda bo‘lib o‘tgan saylovoldi tadbirida siyosatchiga qarata ikki marta o‘q uzgandi.
