Navoiyda otasi og‘ziga paypoq tiqqan 5 oylik chaqaloq vafot etdi
Xatirchi tumanida yig‘lagani uchun otasi og‘ziga paypoq tiqib qo‘ygan besh oylik chaqaloq vafot etdi. Bola to‘rt kun davomida shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolgan. Gumonlanuvchiga jinoiy ish ochilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.
