Toshkentda Donald Tramp ustidan shikoyat qilib “102”ga qo‘ng‘iroq qilgan erkak jarimaga tortildi
Bektemir tumanida Donald Tramp ustidan ariza berishini aytib, “102”ga qo‘ng‘iroq qilgan erkak sud hukmi bilan 1,23 mln so‘m jarimaga tortildi. U maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlikda aybdor deb topilgan.
