Markaziy bank asosiy stavkani qanday qilib bozor uchun “aniq signal”ga aylantirmoqchi?
Moliya bozorining Markaziy bank vositalariga nisbatan sezgirligi pastligicha qolmoqda, shuning uchun regulyator ularni qayta ko‘rib chiqadi, dedi MB raisi Timur Ishmetov. Uning qo‘shimcha qilishicha, monetar siyosatning shaffofligi va prognozliligini oshirish rejalashtirilmoqda.
