Surxondaryoda M39 yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi cheklovi 130 km/soatgacha oshirilishi mumkin
Surxondaryo viloyatida xalqaro toifadagi M39 yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi cheklovi 90, 100 va 130 km/soatgacha oshirilishi rejalashtirilmoqda. Shu masala bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh yo‘lning tegishli qismlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng tezlik chegarasini oshirishni ma’qulladi.