OzodNazar: O‘zbekiston o‘zida yo‘q elektrni nega Afg‘onistonga sotadi?
Farg‘onaning Qirgulisida, Marg‘ilonning Saxovatida aholining gaz va elektr quvvati yo‘qligidan ko‘chaga chiqqani energiya taqchilligi atalmish ulkan “aysberg”ning ko‘zga ko‘ringan ikki uchi xolos. Muammo mavjudligini hatto hukumatga mutlaqo xayrixoh mahalliy jurnalistlar ham yashira olmayapti. Mana shunday sharoitda sarlavhaga chiqarilgan savolning javobini bilish istagi, albatta, har bir o‘zbekistonlik uchun tabiiydir.