O‘zbekistonda AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish rejalashtirilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligiga 3 oy ichida AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik vizasiz kirish rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Prezident, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari AQSh hududiga kirishi uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlashni buyurdi.
