“Barcha ariq va kanallarni betonlashga 5 mlrd dollar kerak” — O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri
Suv xo‘jaligi vaziriga ko‘ra, ayni paytda magistral va ichki kanallarni betonlashtirish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Bu ishlarga 2025-yil uchun davlat budjetidan 800 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. “Xalqaro ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, barcha ariq va kanallarni betonlashga 5 mlrd dollar mablag‘ kerak”, — deydi u.
