“Resurs tejamkor iqtisodiyot modeliga o‘tish vaqti keldi” — prezident
O‘zbekistonda jami quvvatlardagi “yashil” energiyaning ulushini 16 foizdan 26 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Kam uglerodli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar jalb qilinadi. Prezident resurs tejaydigan iqtisodiyot modelga o‘tish vaqti kelganini aytdi.