“Diniy sabablarga ko‘ra”. Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik shaxmatchi ayol bilan nega qo‘l berib ko‘rishmaganini tushuntirdi
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev nufuzli Tata Steel Chess turnirida hindistonlik shaxmatchi ayol Rameshbabu Vaishali bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. U diniy sabablarga ko‘ra boshqa ayollarga teginmasligini tushuntirdi.