Isroil hukumati o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimni ma’qulladi
Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. Bunda 24 nafar vazir yoqlab, 8 nafari esa qarshi ovoz berdi. Ertadan garovga olinganlarni ozod qilish boshlanishi kutilyapti.