O‘zbekiston va BAA sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi
Shavkat Mirziyoyev Abu Dabida BAA sun’iy intellekt vaziri bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqdi. Generativ SIni ishlab chiqish, uni turli sohalarda qo‘llash, SI universitetida talabalarni o‘qitish dasturini joriy etishga kelishildi.