“Barchamiz — qaysi sohada ishlamaylik, Vatan himoyachisi bo‘lishimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. “Bugungi kunda barchamiz — qaysi soha, qanday lavozimda ishlamaylik, Vatan himoyachisi bo‘lishimiz zarur. Bu talabni davrning o‘zi oldimizga qat’iy vazifa qilib qo‘ymoqda va xalqimiz ham bizdan aynan shuni kutmoqda”, deyiladi tabrikda.