Human House galereyasi egasi O‘zbekiston kreativ iqtisodiyoti uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda
Human House galereyasi egasi Lola Sayfining aytishicha, uning O‘zbekistonni xorijliklarga namoyon etuvchi biznesi QQS to‘lashga o‘tish majburiyati tufayli yopilishi mumkin. U Saida Mirziyoyevadan kreativ iqtisodiyot loyihalari uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishga ko‘maklashishni so‘radi.