Ko‘p qavatli uylar yaqinidagi yerlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin
O‘zbekistonda 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.