Noma’lum shaxslar reyd vaqtida Yangiyo‘l tumani ekobo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida nazorat reyd tadbiri vaqtida 4 nafar noma’lum shaxs tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi. Ular mashinasida yo‘lni to‘sib, inspektorlar faoliyatiga to‘sqinlik qildi. Xodimlarga shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatildi, IIB vaziyatni o‘rganmoqda.