Hojatxona qog‘ozlari bilan ekologiyaga zarar yetkazgan bloger jarimaga tortildi
Instagram blogeri hojatxona qog‘ozlari uyumi ustiga chiqqan paytida mashina uning ostidan harakatlanib o‘tgani aks etgan videoni tarmoqqa joyladi. Fuqaro va sheriklari yerga sochilgan hojatxona qog‘ozlarini voqea joyida qoldirib ketgani ma’lum bo‘ldi. Blogerga IIB va Ekologiya inspeksiyasi qonuniy chora ko‘rdi.