Janubiy Koreyada samolyot qulashi oqibatida kamida 120 kishi halok bo‘ldi
Jeju Air samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va Koreya janubi-g‘arbidagi Muan aeroportida to‘siqqa urildi. Samolyotda 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hozircha 120 kishi halok bo‘lgani aniqlandi, 2 kishi qutqarib qolingan. Ammo bortdagilarning deyarli hammasi halok bo‘lgani ham taxmin qilinmoqda.