“Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” — madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirarkan, sohani qushga qiyosladi va uni mahkam ushlash zarurligini ta’kidladi. “Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti”, — dedi u.