Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Koreyaning Saman Corporation kompaniyasi bilan Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni boshladi va ishchi guruh tuzishga kirishdi. Jarayon 2026-yilning mart oyigacha davom etishi kutilmoqda.