Buxoroda kriptoaktivlar orqali 2,6 mln dollar ishlab topgan 17 yoshli o‘smir qo‘lga olindi
Buxoro viloyatida Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari 17 yoshli o‘smirni 34 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarning noqonuniy savdosida gumonlab qo‘lga oldi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi, biroq jinoyatni ochishga yordam bersa, javobgarlikka tortilmasligi ham mumkin.