2025-yildan kambag‘al oila farzandlarining bog‘cha to‘lovlari qisman qoplab beriladi
2025-yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarining 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va to‘lovlari qisman qoplab beriladi. Prezident rektorlarga kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshni o‘qitishni topshirdi. Ularning chet tili, IT kabi to‘garaklari xarajatining 80 foizgacha qismi budjetdan to‘lanadi.