Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan odamlarga qarab turish tizimi yo‘lga qo‘yiladi — prezident
Shavkat Mirziyoyev kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan odamlarning 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Bunda xususiy sektor ishtirok etadi va u xizmat ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.