Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimidan ketdi
Tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar berdi uning vakili. Qaror «FIE manfaatlaridan kelib chiqib» qabul qilingani ta’kidlandi. U 30-noyabrda Toshkentda tashkilotga rahbar sifatida qayta saylangandi.