Kalyon Insaat qurilish kompaniyasi Turkiyadagi obyektlarida 1410 o‘zbekistonlikka ish beradi
Migratsiya agentligi va Kalyon Insaat turk qurilish kompaniyasi 1410 nafar O‘zbekiston fuqarosini Turkiyadagi yirik loyihalarga ishga joylashtirishga kelishib oldi. Dastlabki 20 mutaxassis ishga kirishish uchun Istanbulga jo‘nab ketdi.