Foto: Toshkentdan Xo‘jakentga qatnaydigan yangi tezyurar elektropoyezd qanday ko‘rinishga ega?
Toshkentdan Xo‘jakentga 1000 dan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Oltita vagon iqlim nazorati, Wi-Fi va velosipedlar uchun moslamalar bilan jihozlangan. 2030-yilgacha bunday poyezdlar soni 30 taga yetkaziladi. Kelgusida to‘xtashlar soni ko‘paytirilishi mumkin.