Baxtiyor Adilov Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi
Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Baxtiyor Adilov tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.