Shavkat Mirziyoyev Senatning to‘qqiz nafar a’zosini tayinladi
O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining 9 nafar a’zosini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Konstitutsiyaning 92-moddasiga ko‘ra, ushbu 9 nafar senator davlat va jamiyat faoliyatida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan tayinlanadi.