O‘zbekistonda mingdan ziyod avtomaktab ishlamayapti. Nega?
O‘zbekistonda yuzlab, xususan, Toshkentda o‘nlab avtomaktablar necha oydan buyon ishlamayapti. Tadbirkorlar bunga imtihon markazlariga mo‘ljallangan “og‘ir talablar"ning avtomaktablarga ham qo‘llangani sabab bo‘ldi, deydi. YHXX esa talabni bajarganlar bemalol ishlayotganini aytmoqda. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.