Navoiyda yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 8 mlrd dollarlik loyiha amalga oshiriladi. U haqda nimalar ma’lum?
Navoiy viloyatiga tashrif chog‘ida prezidentga umumiy qiymati 8 mlrd dollarga baholangan yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha loyiha taqdim etildi. Unda neft, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Avvalroq, bu kabi loyiha Surxondaryoda ham amalga oshirilishi aytilgandi.