Moskvada migrantlar uchun elektron guvohnomalar joriy etiladi
2025-yildan Moskvada xorijiy fuqarolarga tajriba tariqasida elektron guvohnomalar berila boshlaydi. Unda fuqaro haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi. Bu, jumladan, jinoyatlarni ochishning yangi bosqichiga chiqishga imkon beradi, deydi poytaxt meri.