Nogironligi bor va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar qanday ovoz berdi?
“Gazeta.uz” muxbiri saylov komissiyasi a’zolari bilan birga Toshkentdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj ikki saylovchining xonadonida bo‘ldi. Umuman, O‘zbekistonda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga mustaqil ravishda kela olmaydigan jami 46,3 ming saylovchi ro‘yxatga olingan edi.