Sirdaryoda korxona 93 mlrd so‘mlik paxta va chigitni birjaga chiqarmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotgani aniqlandi
Sirdaryoda White Gold Klaster korxonasi 90 mlrd so‘mlik paxta, 3 mlrd so‘mlik texnik chigitni birja savdolariga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgani ma’lum bo‘ldi. Bu Vazirlar Mahkamasi nizomiga zid. Klaster korxonaga chora ko‘rildi.