“Axborot kodeksi OAV va jamoatchilik muhokamasidan keyin qabul qilinadi” — AOKA direktori
AOKA direktori Asadjon Xodjayevga ko‘ra, hozirda Axborot kodeksi loyihasining to‘rtinchi varianti ustida ish olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil fevralida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, so‘ng parlamentga kiritiladi. “Biz Axborot kodeksini hamma bilan kelishgan holda qabul qilishimiz kerak”, — dedi u.