“Pora olish kamayib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish ortgan” — Akmal Burxanov
O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning pora berish va pora olish jinoyati kamaygan. Ammo budjet pullarini talon-taroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi korrupsion jinoyatlar ko‘paygan. Akmal Burxanovga ko‘ra, javobgarlikni og‘irlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.