Qish uchun gaz omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlandi — energetika vaziri
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qish mavsumi uchun “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilgi hajmga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq hisoblanadi.