Avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
Toshkent-Samarqand yo‘lida avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqarib, yo‘l harakati qoidasini buzgan xonanda Jahongir Otajonov 3 mln 375 ming so‘m jarimaga tortildi. Yo‘lda telefondan foydalangani uchun esa 1 mln 125 ming so‘m jarima belgilandi.