Toshkent viloyatida Cobalt piyodalar o‘tish joyida o‘quvchini urib yubordi
Yuqori Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli o‘quvchini urib yubordi. Toshkent viloyati YHXBga ko‘ra, qizga birinchi yordam ko‘rsatilgan va ahvoli yaxshiligi sabab uyiga ruxsat berilgan.