“Hududlardagi o‘qituvchi va direktorlar bilan ko‘proq ishlab, barcha maktablarda sifatni oshirish zarur” — prezident
Prezident Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi. Uning binosi ta’mirlanib, ikkita yangi bino qurilgan. Institut yangi jihozlar bilan ta’minlangan, STEM laboratoriyasi, inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyasi va muzey tashkil etilgan.