Xatirchida YTHda ikki o‘quvchi qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘qituvchi 5 yilga qamaldi
Aprelda Xatirchi tumanidagi mahallalardan birida o‘qituvchi Cobalt mashinasini haydab ketayotib, ikki o‘quvchi qizni urib yuborgan. Ulardan biri YTH joyida, ikkinchisi ikki kundan keyin shifoxonada vafot etgan. Haydovchi sudda chalg‘igani va boshqaruvni yo‘qotganini aytdi. U 5 yil qamoq jazosini oldi.