Samarqandda 3 kishini noqonuniy tarzda Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan 2 shaxs qo‘lga olindi
Samarqandda muqaddam sudlangan 2 shaxs 3 nafar fuqaroni 52,7 ming dollarga Isroilga ishga yuborishni va’da qilgani aniqlandi. Prokuratura departamenti ularga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.