Xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarilishi mumkin
Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev 2021-yildan beri AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan Gulruhbegim Tohirjonovani O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarish niyati borligini aytdi. “Gulruhbegim baribir O‘zbekistonga kerak, u yaxshi va salohiyatli shaxmatchi”, — dedi Sa’dullayev.