Veolia Energy Tashkent — issiqlik va issiq suv tariflari oshirilishi sabablari haqida
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiqlik va issiq suv uchun tariflarning oshishini gaz va elektr energiyasi narxi ko‘tarilgani bilan izohladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda aholi bazaviy tarif miqdorining 16 foizini, oshirilganidan keyin esa 18 foizini qoplay boshlaydi.