Toshkentda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq firibgarlikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi
Toshkentda 3 erkak fuqarolarning ko‘chmas mulkini aldov yo‘li bilan egallab, uni o‘ziga garov sifatida rasmiylashtirganlikda ayblanmoqda. Garov qarz miqdoridan 3−4 baravar ko‘p bo‘lgan va qarz oluvchilarga kelishilganidan kamroq mablag‘lar berilgan. Ular qamoqqa olingan.