Markaziy Yevropada kuchli suv toshqini yuz berdi, kamida 15 kishi halok bo‘ldi
“Boris” bo‘roni tufayli kuchli yomg‘irlar Markaziy Yevropada suv toshqinini keltirib chiqardi: kamida 15 kishi halok bo‘ldi, minglab uylar suv ostida qoldi. Polshada tabiiy ofat rejimi joriy etildi.