“O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor” — Germaniya kansleri
O‘zbekiston Germaniya uchun juda muhim hamkor, jumladan, yaqin kelajak uchun ham, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. U mamlakatlar o‘rtasida imzolangan migratsiya bitimini alohida qayd etdi, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida qanday masalalar ko‘tarilganini sanadi.